Obuna bo`ling!
USD10371.76
EUR12153.63
RUB133.19
Farg‘ona-Botken: hamkorlik ko‘lami yanada kengaymoqda
Oct 15, 2019
408

Farg‘ona tumanidagi qabullar uyida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Botken viloyati gubernatori Akram Madumarov bilan uchrashdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilayotgani ikki tomon uchun ham katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qisqa vaqt ichida chegaraoldi viloyatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnilik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Farg‘ona hamda Botken viloyatlari istiqbolli va keng ko‘lamli hamkorlikka alohida e’tibor qaratyapti.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar kengayib borayotgani, xususan, chegara hududlaridagi ko‘plab muammolar amaliy hal etilayotgani ta’kidlandi.  Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3 oktyabrda qabul qilingan “Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Farg‘ona tumanidagi “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inida turizmni rivojlantirish konsepsiyasi asosida bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tadbirda ana shu boradagi tashkiliy ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shohimardonga borayotgan mehmon avvalo Qadamjoy tumaniga qadam qo‘yadi,  deydi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev. Bilamizki, bu zaminda ham ko‘plab tarixiy yodgorliklar, so‘lim maskanlar bor. Turizm sohasini rivojlantirishda Shohimardon va Qadamjoy hamkorligini yo‘lga qo‘yish bugun zaruriyatga aylandi.

Shuningdek, uchrashuvda madaniy-ma’rifiy va iqtisodiy sohalarda ham do‘stlik va hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50