Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda noqonuniy ishlar aniqlandi
Aug 13, 2019
75

Jamiyatning markaziy omboridan 11 turdagi tovar-moddiy boyliklar hech qanday hujjatlarsiz jamiyatning yana o‘sha xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i hamda uning qo‘l ostidagi xodimlari tomonidan noma’lum shaxsga tegishli bo‘lgan yuk mashinasida olib chiqib ketilgan

Joriy yilning 4-may kuni “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ markaziy omboridan temir konstruksiyali suv saqlash inshooti aynan shu jamiyatning xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i hamda uning xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan olib chiqib ketilganligi holati aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i qo‘l ostidagi xodimlari bilan yashirin ravishda markaziy ombor hududiga kirishib, videokuzatuv kameralarini qasddan o‘chirib, balandligi 15 metr bo‘lgan temir konstruksiyali suv saqlash inshootini qismlarga ajratib, xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi qorovulining Moskvich-412 rusumli (furgon) avtotransport vositasiga yuklab, ombor hududidan olib chiqib, Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida joylashgan “Temir bozori”da noma’lum shaxslarga sotib yuborishgan.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida shu yilning 13-aprel kuni jamiyatning markaziy omboridan 11 turdagi tovar-moddiy boyliklar hech qanday hujjatlarsiz jamiyatning yana o‘sha xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i hamda uning qo‘l ostidagi xodimlari tomonidan noma’lum shaxsga tegishli bo‘lgan yuk mashinasida olib chiqib ketilganligi aniqlangan.

Audit tashkilotining xulosasiga ko‘ra, yuqoridagi talon–torojlik natijasida jamiyatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Qiziq jihati shundaki, jamiyatning xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘ining zimmasiga jamiyatga tegishli bo‘lgan obyektlarning mustahkam qo‘riqlanishini ta’minlash, jamiyat mulkining talon-toroj qilinishini oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kabi vazifalar ishonch bildirib topshirilgan bo‘lsa-da, qo‘l ostidagi xodimlarini egri yo‘lga boshlab, o‘z manfaatlari yo‘lida jamiyat mulkini talon-toroj qilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan jamiyatning xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50