Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Xalqaro festival oldidan Qo‘qonda “Turon Plaza” mehmonxonasi ochildi
Sep 10, 2019
54

Qadim va navqiron Ho‘qandi latifning bugungi jamoli shaharga tashrif buyuruvchi mehmonlarning quvonchini oshirmoqda. Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida shahar butunlay yangicha tus oldi. Katta bunyodkorlik ishlari natijasida keng va ravon yo‘llar, yangi inshootlar, turar joy binolari qurib bitkazildi.

Qo‘qon shahridagi “Turon plaza” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi.  45 o‘ringa mo‘ljallangan  mehmonxonada mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, restoran, kafe, sauna, savdo majmuasi ham ishlab turibdi.  Mehmonxonani sifatli va jahon andozalariga mos ravishda jihozlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. 

M.Qodirov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50