Obuna bo`ling!
USD9554.22
EUR10637.67
RUB121.10
Afg‘onistonda ayol rahbarlik qiladigan birinchi partiya ro‘yxatdan o‘tkazildi
Oct 23, 2019
224

Taniqli siyosatchi ayol Fauziya Kufiy rahbarlik qiluvchi “Afg‘onistondagi o‘zgarishlar harakati” partiyasi siyosiy faoliyatni yuritish uchun ruxsatnoma oldi va o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Afghanistan.ru” ga asosan Daryo xabar berdi.

Shu tariqa Afg‘onistonda ayol rahbarlik qiladigan eng birinchi partiya faoliyatiga start berildi. Kufiy boshqaruvidagi ushbu tashkilot avval ham siyosiy faoliyat bilan shug‘ullangan, lekin endi siyosiy partiya sifatida rasmiylashitirildi.

Partiya rahbari “Afg‘onistondagi o‘zgarishlar harakati” yordamida mamlakatdagi barcha ayollarning birlashishi va ularning huquq hamda erkinliklarining himoya qilinishiga umid qilayotganini ta’kidladi.

Fauziya Kufiy Afg‘onistondagi eng taniqli siyosatchi ayollardan biri hisoblanadi. U Badaxshon xalqi nomidan ketma-ket ikki bora parlament quyi palatasi vakili sifatida saylangan. Kufiy xonim o‘z nomzodini 2018-yilda o‘tgan parlament saylovlariga ham qo‘yishga uringan, biroq Komissiya shikoyatlar sabab bu qarorni qo‘llab-quvvatlamadi. Deputat ayol Komissiyaning ushbu qarorini hukumatga nisbatan siyosiy tarafkashlik va davlat boshqaruvidagi kuchlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha chiqarilganini ta’kidlagan. Fauziya Kufiy “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokaralarda ham ishtirok etgan va jarayonda ayollarning huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50