Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Bosh prokuratura: bu yil 12 ming jinoyat fosh qilindi
Jun 25, 2019
183

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, ko‘rilgan choralar natijasida:

- joriy yilning 5 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyatlarning umumiy soni 12171 taga yoki 30,4% (17484) ga kamaydi;

- o‘tgan yillardagi jinoyatlarni hisobga olgan holda, joriy yilning 5 oyida 12179 ta fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilindi;

- 2018 yilda ro‘yxatga olingan 3737 ta fosh etilmagan jinoyatlardan 1759 tasi fosh etildi;

- o‘tgan yillarda jinoyat sodir etganlik uchun qidirilayotgan 834 nafar shaxs qo‘lga olingan, 802 ta jinoiy ish sudlarga yuborilgan;

- 2019 yilda ro‘yxatga olingan 12171 ta jinoyatdan 11906 tasi yoki 97,8% fosh etilib, joriy yilda fosh qilinmagan jinoyatlar soni (265) 2018 yilga (1026) nisbatan 74,1% ga kamaydi;

- jinoyat sodir etgan 130 nafar shaxsning xorijiy davlatlardan ekstraditsiyasi ta’minlandi;

- joriy yilda sodir etilgan qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish jinoyatlarini “issiq izlar” bo‘yicha o‘z vaqtida fosh etilishi ta’minlanmoqda;

- narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 1069 ta jinoyat aniqlandi, 258,5 kg. giyohvandlik moddalari musodara qilindi;

- 135 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslarning turar joyi aniqlandi, shuningdek, 31 nafar noma’lum murdaning shaxsi o‘rnatildi;

- xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga oid 312 ta fakt aniqlandi, bu 2018 yilga (187) nisbatan 66,8% ga ko‘pni tashkil qiladi.

Yil boshidan buyon 2,0 mln. AQSh dollaridan ortiq, 3,2 mlrd. so‘m va 435 mln. so‘mga teng boshqa chet el valyutasi noqonuniy muomaladan chiqarildi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50