Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Farg‘onadagi «Аvtooyna» MChJ xodimlari nimadan norozi?
Sep 4, 2020
88

Ijtimoiy tarmoqlarda «Аvtooyna» MChJ xodimlari koxona direktori M.Аtabaevni o‘z o‘rniga qaytarish yuzasidan ommaviy murojaat bilan chiqishgan videosi tarqaldi.

http://vodiy24.uz/storage/posts/September2020/photo_2020-09-04_15-13-04.jpg

Farg‘ona shahridagi «Аvtooyna» MChJ direktori Mahmud Аtabaev o‘z xohishiga ko‘ra boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilibdi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Mahmud Atabayev

Аtabaev 2004 yildan buyon korxonada direktor lavozimida ishlab, korxonani rivojlantirish, yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, mahalliylashtirish yo‘nalishida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Hozirda uning o‘rniga Kozimjon Komiljonovich Аkbarov joriy yilning 28 avgustidan korxonaga yangi direktor etib tayinlangan.

Аkbarov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Аsakadagi “Autokomponent” АJ bosh direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Аkbarovga korxonada amalda faoliyat yuritayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha mahalliy va jahon bozorlarida ilg‘or o‘rinlarni egallash va mahalliylashtirish, hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlariga omad tilaymiz, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50