Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Farg‘ona viloyati hokimining akasi koronavirusga chalinganmi?
Sep 8, 2020
181

Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi telegram kanallardan birida Farg‘ona viloyatida koronavirus bilan bog‘liq holat haqida vahimali xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Telegram kanalda aytilishicha, Farg‘ona viloyatida koronavirus bilan bir necha shifokorlar vafot etgan. Xabarda misol keltirilgan shifokor U.Boyqo‘ziyev koronavirusdan emas, pnevmoniya kasalligi, shu bilan birga semizlik, gipertoniya xastaligining og‘ir turi kabi hamroh kasalligidan vafot etdi. Undan koronavirusga olingan tahlillar manfiy chiqqan va bu kasallik tasdiqlanmagan.

Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek G‘aniyev  pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa xamrox kasalliklar bilan ayni kunda Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanmoqda. 

Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bayonotida aytilishicha, hozirgi kunda kuz faslining boshlanishi tufayli xalqimiz orasida o‘tkir respirator kasalliklar va pnevmoniya ko‘p uchramoqda. Ushbu kasalliklarning klinik belgilari ham koronavirus bilan o‘xshashligi uchun o‘rinsiz mish-mishlar tarqalmoqda. Shunday bo‘lsada gripp va pnevmoniya bilan og‘rigan kasallarning barchasidan koronavirusga tahlillar olinyapti. Ularda tahlil manfiy chiqmoqda. Bu degani, ularda koronavirus tasdiqlanmayapti. 

Koronavirus pandemiyasi boshlaganidan so‘ng viloyat shifoxonalariga qo‘shimcha 25 ta IVL, 90 ta SPAP rusumli sun’iy nafar berish uskunalari keltirildi. Bu bilan viloyat shifoxonalaridagi sun’iy nafas berish uskunalari 200 tadan oshib ketdi.

Viloyatda mavjud tibbiyot muassasalari shu jumldan yuqumli kasalliklar shifoxonalari viloyat hokimligi va vazirlik tomonidan 764 dona kislorod konsentratori hamda 5 mingta puls oksimetrlari bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasini tezkor usulda aniqlash uchun viloyat hokimligi tomonidan 80 mingdan ortiq ekspress testlar olib kelinib, qo‘llanmoqda.

Farg‘ona shahridagi viloyat perinatal markazi bugungi kunda uzluksiz faoliyat olib boryapti. Marg‘ilon tug‘ruq majmuasining bo‘limlaridan birida koronavirus infeksiyasi yuqtirganlikka gumon qilingan bemor aniqlanganligi uchun haqiqatan ham vaqtincha dezinfeksiya tadbirlarini olib borish uchun qisqa muddatga faoliyati to‘xtatildi. Bu yerdagi dezinfeksiya tadbirlari yakunlangach yana bemorlarni qabul qilish boshlanadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50