Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Farg‘onaga olib kelingan ekspress-testlar bank ishchilariga 200 mingdan majburiy sotilayotgani rostmi?
Jul 21, 2020
117

Markaziy bank Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan post yuzasidan munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyatiga olib kelingan koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlar bank ishchilariga 200 ming so‘mdan majburiy ravishda sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Maʼlum qilinganidek, viloyat hokimi Sh.G‘aniev tomonidan Farg‘ona viloyatiga Janubiy Koreyadan koronavirus infektsiyani aniqlovchi 4 ming dona ekspress-test olib kelindi.

Ekspress-testni olib kelishdan asosiy maqsadlar:

Birinchidan, test natijasi 10-15 daqiqa ichida chiqadi va bu jarayonda katta vaqt tejaladi.

Ikkinchidan, Farg‘ona viloyatining qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlari ko‘p. Eksport hajmi ham boshqa viloyatlarga taqqoslaganda ancha ortiq. Birgina So‘x tumaniga o‘tish uchun yuk (oziq-ovqat, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qurilish materiallari, dori-darmonlar va boshqalarni tashuvchi) tashuvchi tadbirkorlar chegara postidan o‘tgandan so‘ng yoki o‘tishdan oldin koronavirusga test topshiradilar. Bu esa, o‘z navbatida, kamida 2-3 kun vaqt yo‘qotishga sabab bo‘ladi. Bu davr mobaynida olib o‘tilayotgan mahsulotlar sifat jihatdan eskirib, baʼzi hollarda yaroqsiz holga kelib qoladi. Shu sababdan ham viloyatga ekspress-testni olib kelish zarurati tug‘ildi.

Uchinchidan, bugungi kunda viloyatimiz banklarining o‘zida 5 mingga yaqin hodim ishlaydi. Viloyatda yana qancha tashkilot va korxonalar bor. 4 ming dona ekspress-test bu vaziyatda judayam kam emasmi? Bundan tashqari, bank xodimlarimizda, shuningdek, aholi orasida bunday ekspress-testga bo‘lgan haqiqiy talab va ehtiyoj (koronavirusga topshirilgan test natijalari uzoq vaqtga cho‘zilayotgan bir paytda) yuqori. Markaziy bank Farg‘ona viloyat Bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan hech qaysi bankka bu borada majburiy tusdagi topshiriq berilmagan.

To‘rtinchidan, yurtboshimiz tomonidan “bugungi kunda har bir rahbar oldida fuqarolarning sog‘ligini saqlab qolishdan muhimroq vazifa yo‘qligi” taʼkidlab o‘tildi. Bu borada Farg‘ona Markaziy banki hamda viloyatdagi barcha tijorat banklarida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda amaldagi karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilib, bank binosi ichida va tashqarisida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiyot maskalarini taqib yurish va boshqa sanitariya-gigiena talablariga amal qilinmoqda.

Markaziy bank Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50