Obuna bo`ling!
USD10371.76
EUR12153.63
RUB133.19
Fаrg‘onаdаgi tumаnlаr qаndаy qilib "qizil hudud"dаn chiqаriladi? Furqаt tumаni hаqida
Oct 6, 2020
112

Tumanda 654 ta tadbirkorlik subʼektlarining yarmi faoliyat yuritmaydi. Ularni qayta tiklash masalasi esa eʼtibordan chetda. Yangi ish o‘rinlari yaratish va sanoat hajmini oshirishda muhim yo‘nalish sanalgan – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tumanda umuman o‘zlashtirilmagan.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash reyting ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra Furqat tumani "qoniqarsiz hudud" deb baholandi va viloyatning 19 xududi ichida so‘nggi o‘rinlardan joy oldi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-chaqiriq 13-sessiyasida tumanni qoniqarsiz xududdan chiqarish masalasi mahalliy kengash deputatlari, kompleks rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida atroflicha muhokama etildi. 

Taʼkidlanganidek, tumanda bir qator yo‘nalishlarda past ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Xususan, hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019 yilda viloyat sanoat ulushida atigi 0,5 foizga to‘g‘ri kelgan. Mehnat bozorining samaradorligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra qariyb 5 mingga yaqin mehnatga layoqatli aholi vakillari ishsiz. Bir ish o‘rniga 72 nafar ishchi to‘g‘ri keladi. 654 ta tadbirkorlik subʼektlarining yarmi faoliyat yuritmaydi.Ularni qayta tiklash masalasi esa eʼtibordan chetda. Yangi ish o‘rinlari yaratish va sanoat hajmini oshirishda muhim yo‘nalish sanalgan – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tumanda umuman o‘zlashtirilmagan.

Sessiyada bu kabi kamchiliklar mutasaddi rahbarlar ishtirokida atroflicha tahlil qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni joriy yilda takrorlamaslik uchun “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilganligi va unga ko‘ra 6 ta yo‘nalish bo‘yicha loyihalar ishga tushirilishi bildirildi.

Sessiyada tumanni “qizil hudud”ga tushib qolganligida tuman hokimligi, kompleks rahbarlarining o‘tgan davr mobaynida mavjud imkoniyatlardan unumli va to‘laqonli foydalanmaganliklari ochiq oydin aytib o‘tildi va tuman xokimi buning uchun kechirim so‘radi. Va albatta sessiyada ishonch bildirilsa, kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, muammolar bartaraf etilib, tumanni yuqori pog‘onaga olib chiqish uchun yetarli imkoniyatlar majudligini aytdi.

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda yo‘l xaritasiga kiritilgan loyihalarning nechog‘lik muhimligi, tumanni rivojlanitirishdagi ahamiyati, kafolatlanganligi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi yuzasidan savollar o‘rtaga tashlandi.

Matbuot anjumanida tumanning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda yo‘l xaritasiga kiritilgan har bir loyiha bo‘yicha mutaxassislar tomonidan izoh berib o‘tildi. Va qizg‘in muhokamalardan so‘ng sessiya kun tartibdagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.

Sessiya ishida qatnashgan Oliy Majlis Senati aʼzosi Mahmudjon Parpiev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berdi.

Tohir Shukurov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50