Obuna bo`ling!
USD9500.96
EUR10498.56
RUB149.01
Farg‘onadagi bomba topilgan bog‘ o‘rnida yarim asr avval aviapoligon bo‘lgani ma’lum qilindi (video)
Oct 12, 2019
91

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining gilos bog‘idan 7-oktabr kuni aviabomba topilgani, bomba bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani noma’lum qolayotgani haqida avval xabar berilgan edi.

Quva tumani IIB Tergov bo‘limi katta surishtiruvchisi Soatjon Abdusalomovning “Zamon” informatsion dasturiga ma’lum qilishicha, bomba topilgan joy 1950—1960-yillarda aviatsiya poligoni sifatida foydalanilgan, keyinchalik esa bog‘dorchilik hududlari sifatida fuqarolarga berilgan.

Surishtiruvchi Abdusalomovning qo‘shimcha qilishicha, Portlash texnikasi markazi ekspertlariga topilgan bomba ustida portlash texnikasi ekspertizasi o‘tkazish tayinlangan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50