Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Farg‘onada qalbaki ichimlik ishlab chiqarib, sotib yurgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi
Oct 4, 2019
559

G‘ayriqonuniy daromad orttirishga uringan “ishbilarmon”ning qilmishiga chek qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan bozorlar, do‘konlarda qo‘lbola usulda va yashirincha tayyorlangan yaxna ichimliklar sotilishini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.

Departamentning viloyat boshqarmasi va Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tadbirda “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadon ko‘zdan kechirildi. Xonadonda yashovchi Samadbek Saidqahhorov (kollej talabasi, ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qo‘lbola tarzda ichimlik tayyorlab sotayotgani aniqlandi.

Xolislar ishtirokida xonadon omborxonasidagi yashirin sexdan kislorod balloni, gazlashtirish dastgohi, bir yarim va bir litrlik yuzdan ziyod plastmassa idishga quyilib tayyorlab qo‘yilgan “Coca-cola”, “Pepsi-cola”, “Fanta” ichimliklari, qopqoqlar, qadoqlash uchun sellofan paketlar va boshqa ashyolar olindi.

Ushbu qo‘lbola usulda tayyorlangan ichimliklar viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi tomonidan isteʼmolga yaroqsizligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi haqida xulosa berildi.

— Kislorod balloni va gazlashtirish dastgohini Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi temir bozoridan sotib olgandim, — deydi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan S.Saidqahhorov. — Ichimliklarni bir o‘zim tayyorlab do‘konlarga topshirganman. Marg‘ilon shahridagi spirtli ichimliklar do‘konlariga donasini 2000 so‘mdan o‘tkazganman.

G‘ayriqonuniy daromad orttirishga uringan “ishbilarmon”ning qilmishiga chek qo‘yildi.

Sud ayblanuvchining yoshligi, astoydil pushaymonligini inobatga olgan holda unga jarima jazosini tayinladi.

Bu haqda “Huquq” gazetasi orqali Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi boshlig‘i Kamoljon Yuldashev maʼlum qildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50