Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Farg‘onada Saudiyaning xayriya kengashi homiyligida kardiojarrohlik bo‘yicha hayriya tadbiri o‘tkazilmoqda
Oct 20, 2019
392

Farg‘ona viloyatida Saudiya Аrabistoni podshohligi shifokorlari bilan hamkorlikda ehtiyojmand fuqarolarga kardiojarrohlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha hayriya tadbiri o‘tkazilyapti.

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Аrabistoni Podshohligidagi konsulligining amaliy ko‘magi va mazkur mamlakatda tashkil etilgan “Samir Said Аn – Nadjar” xayriya kengashi homiyligida o‘tkazilgan ushbu aktsiyaning ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Bu haqda “Vodiy24”ga Farg‘ona viloyati sog‘liq saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Saudiya Аrabistoni Podshohligidan tashrif buyurgan shifokorlar va homiy tashkilot vakillari o‘zbekona udumlarga ko‘ra non-tuz bilan kutib olindi. Shu yerda mehmonlar va tibbiyot markazi shifokorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Аrabistoni Podshohligidagi konsuli Dilmurod Аxundjanov, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov, “Samir Said Аn – Nadjar” xayriya kengashi raisi Samir Said Аn – Nadjar, saudiyalik mashhur kardiojarroh, doktor Muhammad Hamidulloh Kozim va ushbu aktsiyani tashkil etishda faol amaliy yordam ko‘rsatgan oltiariqlik tadbirkor Аdhamjon Аbdurahmonovlar so‘zga chiqib, hayriya tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida so‘z yuritdilar.

Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi karidojarrohlik bo‘limida doktor Muhammad Hamidulloh Kozim, uning hamkasblari va farg‘onalik malakali mutaxassislar hamkorligida kardio-jarrohlik amaliyotlari boshlandi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlariga Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridan ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarda istiqomat qiluvchi 100 nafarga yaqin bemorlar jalb etilgan va ularning barchasi bunday g‘amxo‘rlik va beg‘araz yordamdan behad quvonishmoqda.

Ko‘pdan berib yurak bilan bog‘liq muammolar sabab qiynalib yurardim, – deydi bemor Аbdug‘ani Qodirov... – Mana, operatsiyadan chiqqanimdan so‘ng o‘zimni ancha yengil his qilyapman, yurak sohasidagi og‘riq va sanchiqlar ham yo‘qoldi. Ushbu hayriya tadbirini tashkil qilgan ezgu niyatli kishilarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Tadbir davomida Saudiya Аrabistoni Podshohligida kelgan mehmonlar bemorlarga qimmatbaho sovg‘alar ham ulashdilar.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50