Obuna bo`ling!
USD9554.22
EUR10637.67
RUB121.10
Farg‘ona ko‘chalarida motopatrullar ish boshlaydi (foto)
Mar 24, 2020
71

Farg‘onada YPX xodimlariga xizmatda foydalanish uchun skuterlar topshirildi.

Farg‘ona viloyat IIB Matbuot ximati xabarida aytilishicha, hozirda skuterlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Xodimlar uchun ulardan foydalanish, texnik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan.

Tez orada xizmat avtomobillari harakatlanishi noqulay bo‘lgan hududlarda, ko‘p qavatli turar joylar mavzelarida motopatrul yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur skuterlardan Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida xavfsiz turizm, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash jarayonida foydalaniladi.

Qayd etilishicha, skuterlar kamxarjligi, shovqin chiqarmasligi va tor yo‘llarda harakatlanishda qulayligi bilan afzal hisoblanadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50