Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Farg‘onalik paralimpiya sportchisi olimpiyadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Unga Neksiya 3 avtomashinasi sovg‘a qilindi
May 8, 2020
271

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatidan sportchilar soni yana bittaga ko‘paydi.

Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma (litsenziya) beruvchi Jahon va Xalqaro musobaqalar “Sovid-19” epidemiyasi tufayli o‘tkazilishi zarur bo‘lgan musobaqalar qoldirilgan edi. Shu sababli sportchi Аzizjon Ibragimovga avval qatnashgan musobaqalardagi yuqori natijalari inobatga olinib, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi tomonidan ushbu sportchiga 2021 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanma (ruxsatnoma) berildi.

Paralimpiya sportchisi Ibragimov Аziz Ilxamdjanovich 2017 yil Polsha davlatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro gran-pri turnirida sportning parao‘qotish turidan 234 ta raqib sportchilar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, 2018 yilda Indoniziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan “3”-Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan.

Shuningdek, 2019 yil Аvstraliya davlatida paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanma (litsenziya) beruvchi xalqaro musobaqada 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Hozirda karantin tufayli Farg‘ona shahridagi o‘z xonadonida karantin talablariga rioya etgan holda murabbiysi tomonidan tashkil etilgan masofaviy o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi shundaki, Farg‘ona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida sportchiga “Neksiya 3” avtomashinasi sovg‘a qilindi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50