Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Fargʼonalik otaxon ekologiya uchun foydali ixtiro yaratdi(video)
Jul 9, 2019
334

Fargʼona viloyatining Toshloq tumanidagi 72 yoshli otaxon oʼzining ixtirosi bilan dunyoni lol qoldirish niyatida. Xoʼsh, bu ixtiro qanday?! Biz batafsil maʼlumot olamiz.

Biz Tolib otaning oldilariga borganimizda, o‘z ustaxonalarida yangi ixtiro yuzasidan izlanishlar olib borayotganliklariga guvoh bo‘ldik. “Ekologiya, ekologiya deyiladi, ekologiya uchun foydali. Hamma davlat bizdan sotib olishi mumkin buni” deydi, - Tolib ota Nurmatov. Suhbat davomida shuni bildikki, ushbu moslama avtomobillarning yuragi hisoblangan dvigateliga o‘rnatilar ekan. “Barcha olimlar, yuz yil bo‘lgan bo‘lsa, mashina chiqqaniga shundan beri ignadek teshikni berkitamiz deb harakat qildi, bular eplay olishmagan” – deydi Tolib ota.

Odatiy dvigatel halqachalari dvigatelning katta-kichikligiga qarab 2 ta yoki 3 ta qo‘yiladi. Tolib otaning mahsulotining birginasi bularning o‘rnini bosa oladi.

“Tiko mashinasiga qo‘ydik, hozir yaxshi ishlayapti, yurishi va tezligi ham yaxshi. Hammasini o‘zimiz tekshirib turibmiz”, – deydi T.Nurmatov.

“Yoʼlda, katta trassalarga chiqqanda o‘rnidan qo‘zg‘alishda o‘zining yaxshi sifatlarini ko‘rsatdi”, – deydi otaning haydovchi do‘sti Аʼzamjon To‘rajonov.

Hatto bu ixtironi maxsus arraga ham qo‘yib ko‘rilgan, natija esa aʼlo. Kuchi yanada ortgan. Ha, albatta, quvvati ortgandan so‘ng ushbu maxsus arrada katta-katta daraxtlarni bemalol tez fursatda arralasa bo‘ladi.

Bu ixtiro yaratilganiga uzoq yillar bo‘lgan bo‘lsa-da, mutasaddilar va yuqori tashkilot vakillari uncha eʼtibor qaratishmayapti. Yurt ravnaqini o‘ylayotgan otaxonga madad bo‘lguvchi topilmayapti. Ixtironing qanchalar muhimligini esa anglashni istashmayapti chog‘i. Hozirda chet ellik mutaxassislarning ham qiziqishi ortgan.

Biz mavzuga yana qaytamiz...

Usmonjon Qodirov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50