Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Farg‘onaning beshinchi tumani ham paxta rejasini bajardi
Oct 9, 2019
83

Farg‘ona viloyatining Furqat tumani paxta maydonlari tuproq tarkibida foydali elementlar kamayib ketgan edi.

Dehqon yerni “sog‘lomlashtirish” yo‘lida rejali agrotexnik tadbirlarni amalga oshirdi. Garchi bahorda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, dastlabki chin barglar ko‘zni quvontirar edi. Аmmo may oyida ro‘y bergan kuchli Qo‘qon shamoli endigina quvvatga kirayotgan nihollardagi chin barglarni yulib oldi.

Fermer xo‘jaligi aʼzolari va klaster tashkilotchilari kecha-kunduz hamkorlikda mehnat qildilar. Yerga mineral o‘g‘it bilan birga mahalliy o‘g‘it solishga alohida eʼtibor qaratildi. Iyunь oyiga kelib chalajon nihollar keskin rivojlana boshladi. Baʼzilari esa hatto gul ko‘rsatdi. Kuzga kelib ular ko‘zni quvontiruvchi chanoqlarda lo‘ppi ochilgan paxtaga aylandi.

Mana bugun 9 oktyabr kuni Furqat tumani ham respublikada paxta topshirish rejasini birinchilar qatorida bajardi.

Paxta maydonining har gektaridan 31,0 sentnerdan, jami 16600 tonna paxta terib olindi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan klaster uslubi qo‘llanilib, tumandagi “Bulut Textile” MChJ korxonasi fermerlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini to‘liq bajardi.

Tumandagi “Qushchi”, “Sarimsoqov Rustam”, “Hamzaliev Bekzod chorvasi” kabi fermer xo‘jaliklari eng yuksak natijaga erishdilar.

Furqatlik paxtakorlar yana 2,5 ming tonna paxta hosilini terib olishga ahd qildilar.

M.Sulaymonov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50