Obuna bo`ling!
USD10173.38
EUR11411.48
RUB145.97
Fargʻona va Qirgʻizistonning Qizil-Qiya shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Oct 7, 2019
307

Bugun oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va teng huquqlilikka asoslangan doʻstlik munosabatlari mustahkamlanib yangi bosqichda davom etmoqda. Buni barcha sohalardagi hamkorlik rivojlanib borayotganida ham koʻrish mumkin. Joriy yilning 25-sentyabr kuni “Andijon-Oʻsh” yoʻnalishida avtobus qatnovlarining tashkil etilshini aholi vakillari katta hursandchilik bilan qarshi olishgan edi.

Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi tomonidan “Fargʻona-Qizil Qiya” yoʻnalishida ham avtobus qatnovlari tashkil etildi. Mazkur yoʻnalishning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda Qizil-Qiya shahri va Fargʻona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur yoʻnalishda “Mansur Mirzohid” MCHJ korxonasi yumshoq oʻrindiqli zamonaviy ISUZU avtobuslarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda. “Fargʻona-Qizil Qiya” yoʻnalishi masofasi deyarli 37 km.teng boʻlib, chipta narxi 7 ming soʻm etib belgilandi. Qirgʻiziston tomonidan esa yoʻnalishga mikroavtobuslar qoʻyilgan boʻlib, Qizil Qiya shahri avtovokzalidan soat 09:00, 10:00, 14:00 va 15:00 da Fargʻona tomon harakatlanadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50