Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Farg‘ona shahrida ko‘p tarmoqli sport majmuasi foydalanishga topshirildi
Oct 7, 2019
647

Farg‘ona shahrida 40 milliard 356 million so‘m mablag‘ evaziga qurilgan yirik sport majmuasi ishga tushirildi.

Mazkur sport majmuasi 2 yil davomida qurib bitkazildi. Bu yerda sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan 4 ta zal va 4 ming o‘rinli katta arena barpo etildi. 

Buning uchun Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 40 milliard 356 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Majmua yil davomida sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanish, respublika va yirik xalqaro musobaqalar o‘tkazilishiga xizmat qiladi. 

Ayni damda majmuada erkin kurash, boks, badiiy gimnastika kabi sport to‘garaklarida yoshlar muntazam shug‘ullanishni boshlab yuborgan.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50