Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
Anvar Obidjon "Imkon" jamoasi mashg'ulotlariga tashrif buyurdi
Aug 13, 2019
35

O'zbekiston xalq shoiri, bolalar yozuvchisi, Oltiariq farzandi Anvar Obidjon "Imkon" futbol klubi futbolchilari bilan uchrashdi.

Shoir futbolchilarni Hayit bayrami bilan qutlab, birinchi davrani mag'lubiyatsiz o'tkazishib, haqli ravishda 1-davra g'olibiga aylanganliklari bilan tabrikladi. Ushbu muvaffaqiyatli yurishni ikkinchi davrada ham davom ettirgan holda, PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritishlariga tilakdosh ekanligini bildirdi.

Shoirning tashrifi va bergan maslahatlari, ezgu tilaklari futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Imkon" klubi futbolchilari bundan buyon ham o'z oldilariga yuqori cho'qqilarni qo'yib, oltiariqlik futbol muxlislari uchun har doim halol va chiroyli futbol namoyish qilishda davom etishmoqchi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50