Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Gimnastikachi suvga sakrab barchani hayratlantirdi (+video)
Jan 21, 2020
351

Amerikalik sportchi qiz suvga sakrashni muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi.

Simona Baylz – gimnastika bo‘yicha 19 karra jahon chempioni. 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. Endilikda u sportning yangi turida o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi. Baylz minoradan suvga sakrashni ikkita salto bilan murakkablashtirgan holda  uddaladi.

22 yoshli sportchi ishtirokidagi rolik ijtimoiy tarmoqda million martadan ziyod ko‘rilgan. Muxlislar Simonani kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiadada suvga sakrash bo‘yicha AQSH terma jamoasiga a’zo bo‘lishga undashmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50