Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
Farg‘ona davlat universitetida PRESS-KLUB o‘z ishini boshladi
Jul 9, 2021
84

Muloqot insonni anglash uchun eng yaxshi vosita bo‘lsa, bahs va munozalar uni kashf etuvchi bir imkoniyatdir.

Farg‘ona davlat universitetining press klubi birinchi sessiyasi ana shunday bahs-munozaralar bilan o‘z ishini boshladi.

Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 16 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda oliy ta’lim vakillarining munosib ishtiroki va munosabati, yoshlar muammolari kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi. Press-klubda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, jamoatchilik vakillari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda oliy ta’lim tizimiga oid yangiliklar, muammolar, yoshlar muammolari kabi ko‘plab savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi. Shuningdek, dolzarb muammolar yuzasidan tegishli takliflar o‘rtaga tashlandi.

Universitet rahbariyatining ma’lum qilishicha, joriy o‘quv yilida 400 o‘rinli yangi “Talabalar turar joyi”, 1200 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi boshlanish arafasida. Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan binolar barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va tegishli shart-sharoitlar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50