Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atamboyev daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi
Jun 25, 2019
121

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi parlament deputatlarining sobiq prezident Almazbek Atamboyevning daxlsizlik huquqini bekor qilish taklifini ma’qulladi.

Bu haqda respublika bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

"Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi bosh prokuratura tavsiyanomasi parlamentga jo‘natildi", – dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida aybdor bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50