Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Hokim «Andijoncha spektakl»ni fosh etgan jurnalistlardan biriga «Faxriy yorliq» berdi
Jun 27, 2019
231

Bugun, 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Yil-o‘n ikki oyning ayni shu kuni jurnalistlarga xizmat qiladi go‘yo. Shu kuni soha vakillari tabrik, e’tirof, e’tiborlar ko‘miladi, rosti.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham eldan qolmay bir guruh mahalliy jurnalistlarni huzuriga chorlab, kasb bayrami bilan tabrikladi. Ko‘p yaxshi niyat, xo‘b samimiy tilaklar bildirdi. So‘ng tadbirda ishtirok etgan har bir jurnalistning qo‘lini siqib, planshet ilova qilgan holda «Faxriy yorliq», «Tashakkurnoma» berdi.

Ahamiyatlisiki,  hokim e’tiboriga tushgan jurnalistlar orasida  «Daryo» sayti muxbiri Mirolim Isajonov  ham borligi! Nega shu hamkasbimiz nomini alohida tilga olayotirmiz? 

«Andijoncha spektal» yodingizdan ko‘tarilgani yo‘g‘-a? O‘lmang.  Davlat rahbarining viloyatga tashrifi jarayonida  «sahnalashtirilgan» mazkur  «spektakl» ko‘p o‘tmay fosh etildi. Ya’nikim,  davlat rahbari tashrifi arafasida  ayrim kam ta’minlangan oilalarga uy-joy berilgani  «sahnalashtirgan tomosha» bo‘lib chiqdi.  Bosh prokuratura  tekshiruvi natijasida bu hol o‘z tasdig‘ini  topdi ham.

Mazkur ko‘zbo‘yamachilik aynan ommaviy axborot vositlari xodimlari harakatlari bilan elga oshkor bo‘lganini ta’kidlash ortiqchalik qilmasa kerak.

Viloyat hokimi prokuratura kiritgan taqdimnomaga ko‘ra, «tomosha ijorkorlari»ga qanday jazo bergani noma’lum hozircha.  Ma’lumi shuki,  o‘sha «spektakl»ni fosh etishda alohida faollik ko‘rsatgan jurnalistni viloyat rahbari shaxsan taqdirladi!

Shuhrat Abdurahmonovning bunday jo‘mardligi qadim maqolni yodga soladi deng: «Ot tepkisini ot ko‘taradi!»

Darvoqe, taqdirlash marosimida «Andijoncha spektakl ijodkorlari» ko‘rinish bermabdi... 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50