Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Hokim eng faol jurnalistga “Spark” berilishini va`da qildi
Jun 27, 2019
181

Bu rag‘batlantirish doimiy an'anaga aylanadigan bo‘ldi.

Bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Namanganda o‘tkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, viloyatning barcha sohalardagi yutuqlarini axborot makonida keng yoritgan, bu borada eng katta auditoriyaga erishgan jurnalistga kelgusi yil 27 iyun kuni “Spark” avtomobili sovg‘a qilinishini ma'lum qildi.

Viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar uyida o‘tkazildi. 

Xayrullo Bozorov matbuotning va jurnalistlarning jamiyatimiz hayotida tutayotgan o‘rni hamda roliga keng to‘xtaldi. Viloyat ijodkorlarining axborot makonidagi faoliyatiga yuqori baho bergan viloyat hokimi axborot kurashi davri bo‘lgan bugungi kunda bosma nashrlar bilan birgalikda internet-jurnalistikasida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham faollikni yanada oshirish muhim ekanini, xolis va tezkor axborotga talab har qachongidan ham oshib ketganini ta'kidladi.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50