Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
“Mаhаllа”dа shаxmаt vа shаshkа bellаshuvi
Jun 7, 2021
61

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat va shashka” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Respublika boshqaruvining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tizimida ommaviy sportni rivojlantrish va sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida fond xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat va shashka” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Farg‘ona viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo‘lim boshqaruvi va barcha shahar, tuman bo‘linmalari ishtirok etdi. Murosasiz bahslar bilan o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni Furqat tumani bo‘linmasi katta buxgalteri M.Otaxonova qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Beshariq tuman katta buxgalteri E.Karimovga, 3-o‘rin Dang‘ara tuman katta buxgalteri I.Usmonovaga nasib etdi.

G‘oliblarni viloyat bo‘lim boshqaruvi raisi tomoindan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Haftaning har shanba kuni muntazam ravishda sport murabbiysi jalb qilinib, murabbiy ko‘rsatmalari asosida xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya mashqlari va sport mashg‘ulotlari o‘tkazilib borilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50