Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
«Ahmadboy ishi» bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi
Feb 12, 2020
241

2020 yil 12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

2020 yil 12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Kun.uzning xabar qilishicha, sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, A.Tursunboyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topib, unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. 

A.Tursunboyevga avval tayinlangan jazoni qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shu bilan birga, A.Tursunboyevga tayinlangan jazoning o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismiga qisqartiriladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50