Obuna bo`ling!
USD10173.38
EUR11411.48
RUB145.97
JAZODAN OZOD QILINDI
May 14, 2020
105

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan insonparvarlik, inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi umuminsoniy printsiplarni amalga oshirishdan iboratdir.

Qonunga rioya qilmagan, biroq o’z qilmishining qonunga xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan shaxslarga o’z oilasiga va jamiyatga qaytishi, ijtimoiy moslashish imkoniyatining berilishi o’zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag’rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaldagi yorqin ifodasidir.

Respublikamizda e’lon qilingan karantin davrida Beshariq tuman IIO Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan guruh hisobida turib jazo muddatini o’tayotgan kam ta’minlangan mahkumlarning yashash xonadonlari, ularning sharoiti va muammolari o’rganilib, yuzaga chiqqan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari olib borilib, jazo muddatini o’tayotgan, jazoni o’tash  muddatida belgilangan tartib qoidalarga amal qilgan, mehnatga halol munosabatda bo’lgan 4 nafar mahkumlar N.Turdiev, F.Nabiev, K.Norqo’ziev va A.Maxmudovlarga nisbatan tayinlangan jazolarni jazosini o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdimnomalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, 05.05.2020 yil kuni jinoyat ishlari bo’yicha Beshariq tumani sudi tomonidan, tuman sudi binosida, karantin talablari, sanitariya qoidalariga amal qilgan holda ushbu mahkumlarga oid ishlar ko’rib chiqilib, mahkumlar jazosini o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

O’rganish jarayonida mahkumlar tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, uning o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymonligiga, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanganligiga, yoshi, sog’ligiga, oilaviy ahvoliga va yengillashtiruvchi boshqa holatlarga alohida e’tibor qaratildi. SHu bilan birga, jabrlanganlar va jamoatchilikning, jumladan, mahkumlar yashagan mahalla vakillarining fikrlari ham atroflicha o’rganildi.

F.Sobirov,

Jinoyat ishlari bo’yicha  Beshariq tuman sudining raisi     

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50