Obuna bo`ling!
USD10371.76
EUR12153.63
RUB133.19
Jamoat joylarida mast holda yurganlar olib ketiladi
Oct 7, 2019
572

Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi. 

Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolashni tashkil etish tizimini takomillashtirish, narkologiya xizmati muassasalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, jamoat joylarida mast holatda bo‘lgan shaxslar, agar ularga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda (alkogoldan og‘ir zaharlanish holatlari bundan mustasno),  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari huzuridagi tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelinishi kerak.

Qaror bilan 2019–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, jami 710 o‘rinli 8 ta ob’ekt qurilishi, 300 o‘rinli 3 ta ob’ekt rekonstruksiya qilinishi hamda 312 o‘rinli 3 ta ob’ekt kapital ta’mirlanishi belgilandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50