Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Kecha, bugun va ertaga... Sarlavhaga aloqasi yo‘q bugun eslangan, ertaga ham bo‘lib qolish ehtimoli bor kechagi voqea “yarim ming so‘m”
Jul 21, 2020
89

Do‘konlarga kiraverib ikki siqim saqich yig‘ib qo‘yibman. Sababi nima olsam narxi 3 ming 500, 4 ming 500, 1 ming 500, 2 ming 500 so‘m...

500 so‘mlik yo‘q deb 1000 so‘m bersangiz sotuvchi sizni o‘zga sayyoralik deb o‘ylaydi. Iloji yo‘q 2000 so‘m berasiz. Yana bittasi ozgina xijolat bo‘lib, "Oka 500 so‘mlik yo‘q edi zvachka beraveraymi?", degandi men ham "Yo‘q berma. O‘tkizvor...", dedim.

Endi shuncha saqichni nima qilaman. Orasida uch-to‘rtta quruti ham bor. Ular kerak bo‘lib qoladi. Lekin saqichlarni chaynamaganimdan keyin g‘alati rejani sinab ko‘rmoqchi bo‘lib yana bir do‘konga kirib, " Manavi paket qancha ekan?", desam sotuvchi 1500 so‘m ekanini aytdi. Haligi paketdan bir dona olib mendan oldin kirgan chiroyli xaridor qizni sotuvchi bilan birga kulib kuzatib sekin 1000 so‘mni sotuvchiga uzatdim va yoniga ikkita saqichni qo‘ydim. "Har kuni 500 so‘mni o‘rniga ikkitadan berishyapti.

Hali yangi, nomini ham o‘qib ko‘rmadim. Biz ham shunday qilsak bo‘ladimi?", dedim. Sotuvchi boshida hayron bo‘lib keyin kulib yubordi. "E, gap yo‘q brat. Аvaz Oxunni "stili"ni qildizku. Sizga 1000 ga berdim. Lekin gap yo‘q", deb saqichlarni qaytarib berdi. Аsli paket olish niyat yo‘q edi. Shunchaki qiziqishga sinab ko‘rgandim.

Qishloqqa qaytib saqichlarni mahallani bolajonlariga tarqatib yubordim. "Paket" ham o‘zini ishini qildi. Haligi qurutlar uvol bo‘lmasin deb ikkita bijildoq bilan qaytdi.

O‘z vaqtida oti bor pul o‘sha otni egasi kabi obro‘si baland, kuchi ham yaxshigina edi. Balki unga ham 25-50 so‘mliklar, "Men ham edim seningdek, sen ham bo‘larsan meningdek...", degan bo‘lsa ne ajab. O‘sha "seningdek", "meningdek", degan gaplar uchun "paket"ni ichidagilar yarim soatga bormadi...

Xullas kalom nima demoqchiman? Hammasini o‘zini joyi bor, lekin sotuvchilarimiz ham oldin so‘rab qaytim o‘rniga mahsulot berishsa yaxshi bo‘larmidi. Magazinlarda yaxshiyam “zvachka” bor, gugurt bor, “aptekada askorbinka” degandek.

Doniyor Yusufjonov,

Namangan

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50