Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Kollej xodimlarining 44 mln. so‘mlik ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi
Jul 31, 2020
40

Quva tuman Аdliya bo‘limi tomonidan Quva tumanidagi Maishiy xizmat kasb-hunar kollejida ishlagan 30 nafardan ortiq xodimlarning ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida Quva Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 1101-sonli buyrug‘iga asosan tugatilganligi, kasb-hunar kolleji rahbariyati tomonidan bir necha marotaba xodimlarning ishdan bo‘shatish nafaqasini undirish yuzasidan viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi va viloyat moliya boshqarmasiga murojaat qilinganligi, lekin ushbu murojaat ijobiy xal etilmaganligi aniqlandi.

Mehnat kodeksining 67-moddasida hamda “Аholini ish bilan taʼminlash togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasida xodimlarga moddiy madadlar berish kafolatlari belgilangan bolib, unga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 89-moddasi tortinchi qismi, 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi, 100-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi, 106-moddaning 2-bandiga asosan bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bolmagan davr mobaynida xodimlarning ortacha oylik ish haqi saqlanib qoladi. Bunda xodimga tolangan bir oylik ishdan boshatish nafaqasi ham qoshib hisobga olinishi, ushbu moddalar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan holatlarda xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab on kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida royxatdan otsalar, mahalliy mehnat organi bergan maʼlumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan ortacha ish haqi olish huquqiga ega boladilardeb korsatilgan.

Oliy va orta maxsus taʼlim vazirining 2020 yil 18 martdagi 205-sonli va viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasining 2020 yil 18 martdagi 166-sonli buyrugiga asosan Quva Qishloq hojaligi va ijtimoiy iqtisodiyot kolleji tumanda faoliyati tugatilgan kasb-hunar kollejlarining debitor va kreditor qarzdorliklari boyicha masʼul taʼlim muassasasi etib belgilangan.

Organish natijalari boyicha tuman adliya bolimi tomonidan kollej xodimlarining jami 44 098 945 som ishdan boshatish nafaqasini undirish boyicha fuqarolik ishlari boyicha Fargona tumanlararo sudiga arizalar kiritildi. FIB Farg‘ona tumanlararo sudi tomonidan arizalar qanoatlantirilib, xodimlarning ishdan bo‘shatish nafaqalarini undirish bo‘yicha sud buyrug‘i qabul qilindi.

Quva tuman Аdliya bo‘limi

bosh maslahatchisi

Gulnoza Qodirova

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50