Obuna bo`ling!
USD9554.22
EUR10637.67
RUB121.10
Koronavirus? DXMlarda chora-tadbirlar ko‘rilmoqda (+foto)
Mar 18, 2020
74

Davlat xizmatlari markazlarida ham koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat xizmatlari markazlarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, xodimlar tibbiyot niqoblari va zarur gigiena vositalari bilan ta’minlandi. Mijozlarga DXM xodimlari tomonidan bepul tibbiy niqoblar tarqatimoqda.

DXMlarga bevosita murojaat qiluvchilar sonini kamaytirish uchun xizmatlarni onlayn (my.gov.uz sayti orqali) olish mumkinligi fuqarolarga tavsiya qilinmoqda.

Bugungi kunda DXM xodimlari orasida farzandlariga qarash uchun mehnatga layoqatsizlik (bolnichnыy) bo‘yicha vaqtinchalik ta’tilga chiqish holatlari kuzatilmoqda.

Shu sababli, Davlat xizmatlari markazlarida xodimlar yetishmovchiligi ehtimoli bo‘lishi mumkin. Lekin bunday holatlarda ishlarni tashkil etish choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50