Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Koronavirusga davo topildi(mi…)?
Feb 6, 2020
420

Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Lining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virusni samarali to‘xtatishga qodir. Shuningdek, mazkur dori vositalaridan Chjeszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarni ham davolashda qo‘llanilgan.

Epidemiologning ta’kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo‘llanilayotgan OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi) qarshi dorilari kutilganidek samarali emas va uning salbiy asoratlari bor. Olim Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasiga topilgan dorilarning kombinatsiyasidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, olimning qayd etishicha, koronavirusga qarshi dorilardan faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga bo‘yicha foydalanish mumkin.Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50