Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Karantin cheklovlariga qaramay Namanganda stadionga futbol muxlislari kiritilgan
Sep 2, 2020
104

2020 yil 1 sentyabr kuni Superliga 14-turidan o‘rin olgan «Navbahor lochinlari» - «Paxtakor» futbol klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘z PFL xabariga ko‘ra, futbol uchrashuvlariga karantin cheklovlari tufayli muxlislar kirishiga ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, «Navbahor lochinlari» futbol klubi mazkur uchrashuvda stadionga muxlislarni kiritishgan. Shu bilan birga muxlislar tomonidan mehmon jamoa a`zolari va hakamlarni haqorat qilish holatlari yozib olingan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Shuningdek, «Navbahor lochinlari» futbol klubi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llash sharoitida professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarni tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiena qoidalarining 4.23-bandi, shuningdek, Intizom kodeksining 5.38, 5.40-bandlari buzilganligi aniqlangan. 

Ushbu holatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Etika qo‘mitasiga taqdimnoma yuborildi», - deyiladi PFL rasmiy sayti xabarida.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50