Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
“Oilamiz bilan kitob o‘qiymiz”
Jan 28, 2021
64

Hammamizga maʼlumki, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoni hamda 2020 yil 6 noyabrdagi taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan PQ-4884-sonli qarorida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi belgilab berildi. Ushbu qaror va farmoyishlar ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tumanimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish maqsadida “2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish chora-tadbir”lari tuzilgan. Ushbu chora-tadbirda belgilab berilgan yo‘nalishlardan biri aholi, ayniqsa, yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdir.

26 yanvarь kuni 48-umumiy o‘rta taʼlim maktabida tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shtepa tuman bo‘linmasi, tuman Xalq taʼlim bo‘limi, tuman Аxborot kutubxona markazi, “Farg‘ona kitob olami” MChJ va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Oilamiz bilan kitob o‘qiymiz” mavzusida kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirga Qo‘shtepa tuman kengashi deputati D.Murodov, mahalla faollari G‘.Аkramov, X.Yo‘ldoshevlar o‘zlarining homiylik mablag‘lari hisobidan 400 ming so‘mlik badiiy adabiyotlar sotib olib, o‘quvchilarga sovg‘a qildilar. Tadbir davomida 650 dan ziyod badiiy adabiyotlar homiylar, ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan sotib olindi.

 Ushbu yarmarkada 385 nafar ota-onalar, 45 nafar mahalla faollari, 84 nafar uyushmagan yoshlar, 49 nafar maktab pedagog xodimlari hamda 495 nafar o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etdi.

 

B.Nizomov, 48-maktab direktori

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50