Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Oltiariqda deputatlik so‘roviga javob bermagan rahbar jazolandi
Aug 28, 2020
73

Hozirgi kunda davlat rahbarining yuksak siyosiy iroda va qatʼiy talablaridan kelib chiqib, barcha davlat tashkilotlari oldiga bir maqsad qo‘yib, yaʼni “xalq roziligi va farovonligi uchun” tamoyili asosida o‘z ish faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.

Shunday ekan biz deputatlar ham o‘z ish uslubimizni “xalq roziligi va farovonligi uchun” tamoyiliga asoslanib olib borishimiz bugungi kun talabidir.

Mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, o‘tgan davr mobaynida mahalliy ijro hokimiyati va davlat organlarining xalq roziligi va turmush tarzining farovonligi yo‘lida sadoqat va matonat bilan xizmat qilib kelayotgani, shu o‘rinda joylardagi mavjud muammolarni xal qilishda xududiy kengashlar deputatlari bilan hamkorlikda, bamaslaxat ish olib borayotganliklarining guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Lekin baʼzi bir qo‘shtirnoq ichidagi “masʼuliyatli rahbar”lar tomonidan milliy qonunchiligimiz talab va normalariga bo‘ysunmaslik, mavjud muammolar va ularning muqobil yechimi borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yish holatlarining mavjudligi dilni xira qiladi.

Joriy yilning 27-aprel sanasida o‘z deputatlik vakolatimdan foydalanib, tumanimizda “Obod qishloq” davlat dasturining 2019 yildagi ijrosi yuzasidan xususan, “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Katput, Bo‘rbonliq, Povulg‘on qishloqlarida amalga oshirilgan ishlar, yangi yaratilgan ish o‘rinlari yuzasidan Oltiariq tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori K.Qobilov nomiga 11-sonli deputatlik so‘rovi kiritgan edim. Mazkur deputatlik so‘rovi bo‘yicha markaz rahbari tomonidan xech qanday ogohlantirishsiz va uzrli sabablarsiz belgilangan muddatlarda qasddan javob xati yuborilmadi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘rovi olingan kundan eʼtiboran 10 kundan kechiktirmay deputat so‘roviga javob xati yuborishi shartligi ko‘rsatib qo‘yilgan.

Yuqoridagi holat tuman xalq deputatlari kengashi doimiy komissiyasining hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganishni kechiktirishga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan tuman Аdliya bo‘limi rahbariyati bilan maslahatlashgan holda, markaz rahbarining xatti-xarakatlari yuzasidan Oltiariq tuman maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilgan edim.

2020 yilning 16 iyulь sanasida Oltiariq tuman maʼmuriy sudi binosida, ochiq sud majlisida, raislik qiluvchi sudьya I.Matmusaev va А.Validinovning kotibligida sud bo‘lib o‘tdi. Unda Oltiariq tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori K.Qobilov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 193-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 33-moddasi qo‘llanilib, bazaviy xisoblash miqdorining 2 baravari miqdorda jarima jazosi tayinlandi.

Zero, Muxtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odil va adolatli siyosatni joylarda to‘g‘ri va aniq amalga oshirilishiga har birimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik!

O‘tkirbek Otaboev,

Oltiariq tuman kengashi

deputati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50