Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Maqsad – xalq mulkini ishonchli asrash
Feb 13, 2020
180

Ma’lumki, Qo’riqlash xizmati xodimlari zimmasiga el-yurt mulkini muhofaza qilishdek sharafli va o’ta mas’uliyatli vazifa yuklatilgan. Bu vazifani sidqidildan ado etishda har bir xodimdan hushyorlik, jasorat, tezkorlik kabi hislatlar talab etilishi shubhasiz.

Shu bois Farg’ona viloyatida ham mazkur xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkibni jismoniy va jangovar tayyorgarlikka ega, tanlagan kasbiga sodiq, bilimli, vatanparvar kadrlar bilan to’ldirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Farg’ona viloyati Qo’riqlash boshqarmasining 1-alohida otryadi tomonidan jami bo’lib 79 ta xalq xo’jaligi inshoatlari ishonchli qo’riqlanmokda.Ularning 73 tasi texnik qo’riqlash punkti tomonidan muhofaza qilinadi.

O’tgan 2019-yil davomida ob’ektlarda jami 20 marotaba “Tashvish” taktik jangovor-o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi. Reja asosida ob’ektlarning qo’riqlanish holati, texnik mustahkamligi, yong’inga qarshi anjomlar bilan to’liq jihozlanganligi tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha muassasalar rahbariyatiga taqdimnomalar kiritildi.

2019-davomida xodimlarning xushyorligi natijasida 7 tashmachilar aniqlanib, 105 267 so’mlik tovar moddiy boylik davlat ixtiyoriga qaytarildi. Tashmachilarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Beshariq tumani Ma’muriy sudi tomonidan 780 506 so’m jarimaga tortildi.

Qo’riqlash xizmati afzalliklarini targ’ibot qilish, mayda tashmachilik holatlarining oldini olish maqsadida ob’ektlar ma’muriyati va fuqarolar o’rtasida suhbatlar o’tkazilyapti. Ma’muriy xuquqbuzarlarni aniqlash va ularni oldini olish bo’yicha reja asosida tashkilotlar, korxonalar, muassasalarda hudud profilaktika inspektorlari bilan birgalikda profilaktik tadbirlar tashkil qilinyapti.

Bundan ko’zlangan asosiy  maqsad – xalq mulkini ishonchli asrashdan iborat.

          

                A.XAYDAROV,

1-alohida otryad komandiri,

kapitan 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50