Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Marg‘ilondagi yong‘in. Qurbon bo'lgan fuqaro bor.
Aug 16, 2019
1435

Voqea joyiga 5 ta yongʼin oʼchirish boʼlinmalari jalb etilgan. Birinchi boʼlinmalar koʼrsatilgan manzilga soat 11:34 da yetib borib, soat 11:39 da yongʼin qurshab olingan va soat 12:45 da toʼliq bartaraf etilgan.

Аvval xabar berganimizdek, Fargʼona viloyati Margʼilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy koʼchasida joylashgan 29-uyda yongʼin sodir boʼldi.

Ijodiy guruhimiz voqea joyida boʼlib, batafsil maʼlumot oldi.

Yongʼin oqibatida uyning 200 kv.metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Bahtsiz hodisa tufayli xonadonning 10 ga yaqin xonalari yonib kulga aylangan. Qoʼshnilarning aytishicha bu uylar qurib bitkazilganiga bir hafta ham boʼlmagan ekan. Tilsiz yov bir zumda mana shunday talofatga sabab boʼldi. Yongʼin juda tez rivojlangani oʼt oʼchiruvchilarga qiyinchilik tugʼdirdi. 

Interten tarmoqlaridagi shavvozlarning notoʼgʼri maʼulumotlariga guvoh boʼldik. Tarmoqlarning aytishicha yongʼin oqibatida halok boʼlgan ayolning 2-nogironi ekan. Qoʼshnisi va Mahalla masʼul kotibining soʼzlariga koʼra aslida esa holat bunday emas. 

Hozirda yongʼin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Usmonjon Qodirov

Muhammaddiyor Usmonov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50