Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
Mediatsiya va kelishuv bitimi qanday tuziladi?
May 25, 2021
64

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yil)ni amalga oshirishga oid Davlat dasturida, sudgacha nizolarini hal etishning mexanizmlarini belgilovchi “Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Dastur doirasida 2018 yil 3 iyulda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.

Mediatsiya bu - vositachilik qiluvchi tashqi uchinchi shaxs – mediatorning – avj olayotgan nizoni javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga tayyor turgan barcha ishtirokchilari bilan birgalikda alohida holat uchun xarakterli bo‘lgan tartibga solish yoki taraflar uchun foydali yechimini ishlab chiqishdagi yordamini tushunish mumkin.

Odatda sudlar nizolarni hal etishning muqobil usullarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘mak beradi. Sababi bu usullar sudlardagi ishlar sonini normallashtirishga shuningdek, odil sudlovni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratishga imkon tug‘diradi.

Iqtisodiy nizolarni hal etishning samarali, maʼqul va taraflar uchun maqbul usuli sifatida, kelishuv bitimi ham sud amaliyotida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi. Uni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.

Kelishuv bitimi majburiyatni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib ijro etish, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzdan to‘liq yoki qisman voz kechish, qarzni tan olish, sud xarajatlarini taqsimlash va qonun talablariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar asosida o‘zaro tuzishlari mumkin.

Mediativ kelishuv bitimi tasdiqlanganidan so‘ng nizoni ko‘rib chiqish uchun sudga to‘langan davlat boji qaytarilishi belgilangan. Аgar davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa ozod qilinadi. Kelishuv bitimi shartlari bajarilmagan taqdirda, taraflar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda sudga murojaat etishi mumkin.

Mediatsiya va kelishuv bitimi bir-biriga o‘xshashlik tomonlari mavjud bo‘lsada, o‘zaro farqli jihatlari ham talaygina. Ulardan eng asosiysi – taraflar nizoni mediativ kelishuv orqali hal etganlarida sud daʼvoni ko‘rmasdan qoldiradi.

Kelishuv bitimining shartlari majbur shaxs tomonidan ixtiyoriy ijro etilmasa, manfaatdor tarafning talabiga ko‘ra beriladigan ijro varaqasiga asosan ijro etiladi.

Kelishuv bitimi tuzilgandan so‘ng ham taraflarning suddagi ishtiroki tugallanmaydi.

Nizo mediativ kelishuv orqali yakunlanganda mazkur kelishuv sud tomonidan tasdiqlanmaydi va taraflarning sud bilan bog‘liq munosabatlari butunlay tugatiladi.

Аgar mediativ kelishuv bitimi tasdiqlanganidang so‘ng, taraflar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa aynan shu mediativ kelishuv bo‘yicha sud orqali nizolashish huquqi saqlanib qoladi.

 

J.Umurzakov,

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi arxiv mudiri.

 

S.Аxmadjonov,

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi devonxona mudiri.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50