Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Milliy gvardiya xodimlari o‘zini suvga tashlagan ayolni qutqardi
Oct 11, 2019
476

Joriy yil 10-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan «Qipchoq ponton ko‘prigi»dan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 10-oktyabr kuni soat 11:30 lar chamasida «Cobalt» rusumli avtomashinadan noma’lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqanlar.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50