Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
Marg‘ilonda davlat xizmatlari markazi ishga tushdi (foto)
Aug 10, 2019
63

Marg‘ilon shahar Davlat xizmatlari markazi ham qurilib foydalanishga topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Yangi binoda bir vaqtning o‘zida 50 nafar, bir kunda 1000 ga yaqin murojaatchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Markaz binosida barchaga qulayliklar yaratish maqsadida sektorlarga bo‘lingan.

Foto: Davlat xizmatilari agentligi

Bu yerda kutubxona, bolalar maydonchasi, mini bar, investorlar xonasi, elektron navbat, bankomat, infokiosk, infolend va bir qator boshqa qulayliklar mujassam etilgan.

Marg‘ilon shahar Davlat xizmatlari markazi yangi binosi «Ferghana International Investment Forum-2019» halqaro forumi doirasida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, shu kunning o‘zida bu yerga 30 dan ortiq xorijiy investorlar tashrif buyurdi. DXMda tashkil etilgan qulayliklar barchaga manzur kelib investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Foto: Davlat xizmatilari agentligi

Marg‘ilon shahar Davlat xizmatlari markazining ochilishi yuqorida aytib o‘tilgan DXMlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarning bir namunasi xolos. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni oldidan mamalakatimizning barcha burchaklarida yana 20 ta ana shunday qulay shart-sharoitlarga ega binolar topshirilishi rejalajtirilgan, ularning 3 tasi — Farg‘ona viloyatida.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50