Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi
Oct 4, 2019
641

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Abdujabbor Rasulov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, podpolkovnik Boltayev Niyoziy Xamidovich Buxoro viloyati Peshku tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Egamberdiyev Baxtiyor Azimovich Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan bo‘lsa, podpolkovnik Nadjimitdinov Baxtiyor Rahimovich Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan. 

Mayor Ahmedov Elyor Bahodirovich Jizzax viloyati Paxtakor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, mayor Sobirov Zahiriddin Sadriddinovich Sirdaryo viloyati Shirin shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tdi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50