Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
Muruvvat tadbirlari davom etmoqda
Jul 17, 2021
71

Mehr-muravvat va saxovat xalqimizga xos eng muqaddas tuyg‘ulardir. Ayniqsa, bayramlar arafasida qariyalarga hurmat ko‘rsatish, yakka-yolg‘iz fuqarolarning holidan xabar olish, moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj oilalarga saxovat mablag‘larini yo‘naltirish yanada keng quloch yozadi.

Bugun Furqat tumani hokimi J.Jumanov boshchiligida “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida bir guruh tumandoshlarimizning holidan xabar olindi.

 

Murojaat e’tiborsiz qolmadi

 “Chek ko‘prik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Yoqutxon A’zamova o‘g‘lining buyrak ko‘chirish operatsiyasi uchun moliyaviy yordam so‘rab, telegrammdagi murojaatlar guruhi orqali tuman hokimiga murojaat qilgan edi. Uning oilaviy sharoiti o‘rganib chiqilib, belgilangan tartibda yordam berish manbasi aniqlashtirildi.

Bugun tuman hokimi Yo.A’zamova va uning bemor o‘g‘li X.A’zamjonovlar huzuriga borib, 28 million so‘m pul tushirilgan plastik karta, sertifikat hamda oziq-ovqat mahsulotlarini hadya qildi.   

 

Bayram sovg‘alari

 Musulmonlar uchun eng ulug‘ bayramlardan biri hisoblangan Qurbon hayiti arafasida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etildi.

Hayitning mazmun-mohiyatida ko‘ngillarga xushnudlik, sevinch, jismga rohat bag‘ishlash, do‘stlar, yaqinlar o‘rtasida muhabbat, qarindoshlar, qardoshlar orasida mehr rishtalarini yangilash, kishilarni bir-birlariga yordam va saxovat ko‘rsatishga chorlash mujassamdir.

Shu bois, davolanish va uy-joyini ta’mirlash maqsadida yordam so‘ragan fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan beminnat homiylik mablag‘lari topshirildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50