Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Mashinalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
Sep 11, 2019
34

O‘zbekistonda avtomototransport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.

2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilishicha, bu fuqarolarning ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlariga barham berish yuzasidan amalga oshiriladi. 

Qayd etilishicha, tegishli tahliliy ma'lumot takliflar bilan 2019 yil noyabr oyigacha taqdim etiladi. Ijro etilishiga mas'ul - Adliya vazirligi (Davletov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Ishmetov,) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev).

Avvalroq, 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50