Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Аndijonda qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangan qiz o‘z joniga qasd qildi
Sep 7, 2020
137

Аndijonda yosh qiz o‘z joniga qasb qildi degan xabarlar tarmoqlarda keng tarqaldi, deb yozmoqda everyday nashri.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Marhamat tumanida yashagan, voyaga yetgan Madina ismli qiz o‘z uyida suitsid sodir etgan. Qiz qo‘shnisi tomonidan zo‘rlanganidan keyin shu ishga qo‘l urgan.

Qizning onasini aytishicha, Madina soat 22:00 larda ancha vaqtdan buyon gaplashib yurgan yigitiga telefonni olib borish uchun ko‘chaga chiqqan. Yigit aytilgan joyga kelgunga qadar qizning qo‘shnisi uni zo‘rlamoqchi bo‘lgan va bo‘lib o‘tgan voqeani telefoniga muhrlab olgan.

“U butun tun davomida yig‘lab chiqdi va o‘zini o‘ldirishni xohlayotganini aytdi. Men uni tinchlantirishga harakat qildim. U qo‘shnisi videoni tarmoqlarda tarqatib yuborishidan qo‘rqdi”, – deydi ayol.

Erta tongda qiz ota-onasi ishga ketganidan keyin, uyining qurib bitkazilmagan qismida o‘zini osib qo‘ygan. Taʼkidlanishicha, hozirda huquq-tartibot organlari tergov harakatlarini olib bormoqda. Qizning ota-onasi fojia sababchisining haqqoniy jazo olishini xohlashmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50