Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Andijon hokimi suvchiga Cobalt sovg‘a qildi
Oct 7, 2019
565

Andijon viloyat hokimi Xo‘jaobod tumani "Zokirjon ota" fermer xo‘jaligi paxtakorlari bilan uchrashdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Mukofot uchun navbatdagi yengil avtomashina aynan shu fermer xo‘jaligi rahbariga berilishi tavsiya qilingan edi. Viloyat rahbarining kutilmaganda navbatdagi avtomobilni shu xo‘jalikda ishlayotgan, oddiy bir dehqonga berish tashabbusi esa fermer xo‘jaligi a’zolarini ruhlantirib yubordi. Avtomashina 20 yildan beri suvchilik qilib kelayotgan, hatto hokim bilan uchrashuvga ham kelmay, dalada mehnat qilib yurgan Toshmatov Olimjon akaga topshirildi. Soniyalar ichida viloyat rahbarining vijdon amri bilan oddiy suvchining ushalmas, xayoliga ham kelmagan orzusi haqiqatga aylandi.

 Olimjon aka va uning terimchi turmush o‘rtog‘ining quvonchlarini ta’riflashga til ojizlik qiladi.

“Halol mukofotingiz muborak bo‘lsin, yaxshi kunlarga xizmat qilsin yaxshilar!” deyiladi xabarda.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50