Obuna bo`ling!
USD9554.22
EUR10637.67
RUB121.10
Andijonda barcha hokimlar o‘z o‘rnini yoshlarga «bo‘shatib berdi»
Jan 27, 2020
153

Bugundan Andijon viloyati shahar va tumanlari hokimlari o‘z lavozimini vaqtincha bir guruh faol yoshlarga bo‘shatib berishadi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat hokimining barcha o‘rinbosarlari, tuman va shahar yetakchilari shu yil 27-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida o‘n kun davomida tahsil olishadi. Siyosiy o‘qish munosabati bilan ayni muddat ichida ularning o‘rnini tajriba tariqasida iqtidorli, ko‘zga ko‘ringan yoshlar egallab turishadi.

Viloyatda "Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Andijonda yoshlar o‘n kunligi" loyihasi doirasida hayotga yoshlar nigohi bilan qarash, ularning zamonaviy tashabbuslari, g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlash, yuqoridagi rahbarlargacha yetib kelmayotgan ba’zi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish maqsadida iqtidorli yoshlardan viloyatning barcha tuman va shaharlariga o‘n kun muddatga hokimlar va ularning o‘rinbosarlari tayinlandi.

Yangi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari faollarga tanishtirilib, yig‘ilishdan so‘ng o‘z xizmat mashinalarida tuman va shaharlarga jo‘nab ketdilar. Hokimlarga tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan boshlang‘ich ish rejalar topshirildi.

Vaqtincha “shoh vazifasini bajaruvchi”lar orasida talabalar ham bor.

Yosh hokimlar zimmasidagi vazifalar ijrosi bilan shug‘ullanishsa-da, ularga qaror yoki rasmiy hujjatlarni imzolash vakolati berilmaydi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50