Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Аndijonda navbatdagi ovqatdan zaharlanish, bunisi ham maktabda
Oct 9, 2019
42

Andijon viloyatida maktab o‘quvchilari ovqatdan zaharlanishi holati qayd etildi.

«8 oktabr kuni soat 20.30dan Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Shu kuni soat 00.00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafar fuqaro «ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi – tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan, yana bir 1 nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga bergani natijasida zaharlanish qayd etilgan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish uchun voqea joyiga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi mutaxassislari jalb qilindi. Barcha bemorlardan olingan ajratmalar viloyat SEOM laboratoriyasida tekshirilmoqda. Hozirda shifoxonada 12 nafar bemor davolanmoqda, 15 nafariga esa ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.

Bemorlarning ahvoli, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat'iy nazoratga olingan. Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Аvvalroq, 2019 yil 30 sentabr kuni Аndijon shahar, Nodira ko‘chasi 1-uyda joylashgan «Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy» nomli nodavlat taʼlim muassasasida 82 nafar o‘quvchi, 3 nafar o‘qituvchi va 4 nafar texnik xodim ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50