Obuna bo`ling!
USD10139.30
EUR11051.84
RUB141.35
Andijonda sartaroshxona va taksilar faoliyati tiklangani haqidagi xabar rad etildi
May 7, 2020
63

Andijon hokimligi viloyatda yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani, go‘zallik saloni hamda mehmonxonalar faoliyati tiklangani haqidagi xabarni rad etdi.

4 may kuni Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi o‘tkazilgan yig‘ilish davomida bir qancha sohalar faoliyat yuritishiga ruxsat bergani haqida ma'lumot tarqatgan edi.

Mazkur xabarga asoslangan xolda Andijonda yo‘lovchi tashishga ruxsat berilib, go‘zallik saloni hamda mehmonxonalar faoliyati tiklangani haqida xabarlar tarqaldi.

5 may kuni esa viloyat hokimligi matbuot xizmati 4 may kuni berilgan ma'lumotga rasmiy munosabat bildirdi.

«Andijon viloyati hokimligi tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari - sartaroshxonalar, mehmonxonalar va taksilar faoliyatini tiklash jarayonlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish nazarda tutilgani hamda Respublika bo‘ylab maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sartaroshxonalar, mehmonxonalar va taksilar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan amalga oshirilishini ma'lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Ma'lumki, «qizil» toifadagi hududlarda yuqorida ko‘rsatilgan sohalarning faoliyati man qilingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, viloyat hududida so‘nggi marta 2 may kuni koronavirusdan zararlanish holati qayd etilgan.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, so‘nggi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar – «qizil» toifadagi hududga kiradi. Andijon viloyatida ham «qizil» toifaga muvofiq cheklovlar saqlanib qoladi.

Ayni paytda Andijondan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari «qizil» toifadagi hududlar hisoblanadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50