Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Аndijon viloyati hokimi paxtakorlarga mashina ulashishda davom etmoqda. Bu safar to‘rtta mashina
Oct 10, 2019
36

Buloqboshilik mirishkorlar viloyatda ikkinchi bo‘lib davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini bajardilar. Zafar munosabati bilan Buloqboshi tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohiga 3 mingdan ziyod fidoiy buloqboshiliklar jam bo‘ldilar. Tantanali tadbirda davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini 100,92 foizga bajargan buloqboshiliklarni viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov tabrikladi.

Viloyat rahbari "Sarviniso Malikasi" fermer xo‘jaligi terimchisi Mayramxon Pirmatovaga “Spark”;

"Аbduxoshim Nurmatov" fermer xo‘jaligi rahbari Аbduxoshim Nurmatov va “Аbdumannob Ismatov” fermer xo‘jaligi rahbari Ismatulla Ismatovlarga “Jentra”;

tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxodir G‘ofurovga “Kobalt” avtomashinasi sovg‘a qildi.

Shuningdek, chigit ekishdan boshlab hozirgi kungacha qishloq xo‘jalik sohasiga uzoq yilgi tajribalaridan kelib chiqib, o‘z maslahatlari bilan yordam berib kelayotgan 15 nafar oqsoqollar kostyum-shim, 37 nafar ilg‘or terimchi ayollar kir yuvish mashinalari bilan taqdirlandilar.

Bayramga O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev, so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov va viloyatning eng sara sanʼatkorlari o‘zgacha fayz kiritdilar, deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50