Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
Andijonda til bayrami munosib nishonlandi
Oct 22, 2019
165

Dunyo xalqlari 7 mingta til va dialektda so‘zlashadi. Ammo shulardan 178 tasigina davlat tili darajasida e’tirof etilgan. Millatimizni birlashtiruvchi, o‘zligimizni ifodalovchi zabonimizga davlat tili maqomini taqdim etgan Qonun va uning 30 yillik sanasi Andijonda keng nishonlandi.

Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi madaniyat va istirohat bog‘idagi anjuman o‘zbek adabiy tilining asoschisi haykali poyiga guldastalar qo‘yish bilan boshlandi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z so‘zida tilimizning ortib borayotgan nufuzini kuni-kecha viloyatimizda bo‘lib o‘tgan «Open Andijan» I Xalqaro investitsiya forumi misolida ifodalab berdi. Bugun ona tilimiz dunyoning 18 ta xorijiy davlatida o‘qib, o‘rganilayotgani ham nafaqat mamlakatimizga, balki uning tarixi, madaniyatini ifodalovchi so‘zlashuv vositasiga bo‘lgan e’tiborni ko‘rsatadi.

Anjumanda ushbu qonun qabul qilinishining tarixiy ahamiyati, ona tilimizning jozibasi, imkoniyatlari, istiqbollari xususida O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist poytaxtlik Temur Ubaydullo, Andijon davlat universiteti dotsenti Bahodir Rahmonov, Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Qo‘chqarova to‘lqinlanib fikr yuritdilar.

Millatimiz ramzi bo‘lgan tilimizning shakllanishi, rivojlanishi va saqlab qolinishi yo‘lida ma’naviy jasorat ko‘rsatgan allomalar, ziyolilar nomlari hurmat bilan yodga olindi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50